“Eko oromgoh” loyihasi o‘tkazildi

Date:

Ekologik vaziyat, ekologik muammolar har doim ham insoniyatni tashvishga solib keladi. Ekologiyani, tabiatni asrash yo‘lida doimiy ravishda harakatlar olib boriladi, ko‘plab tadbirlar uyushtiriladi. Joriy yilning 13-fevralidan 31-may kunlari respublikamiz bo‘ylab “Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Eko oromgoh” loyihasi tashkil etilishining rejalashtirilgani ham ana shunday tadbirlarning mantiqiy davomi deyish mumkin.

Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da “Eko oromgoh” loyihasining navbatdagi tadbiri tashkil etildi. Unda surxondaryolik eko volontyorlar va ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlardan iborat 150 ga yaqin qiziquvchi yosh ishtirok etdi. Ko‘tarilgan mavzu esa jiddiy — ekologik hodisalar, tabiatni asrash mavzusida bo‘ldi. Ushbu ma’ruzalar mutaxassislar tomonidan yetarlicha tushuntirildi va keng muhokamalarga mavzu bo‘ldi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...

Yangi imkoniyatlar yaratiladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Denov tumaniga tashrifi davomida...

Tarixiy natija qayd etdi

Xitoyning Usi shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida surxondaryolik sportchi...

Kasbiy tayyorgarligi oshiriladi

Surxondaryo viloyatida Mudofaa vazirligi va Viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi...
KunTun
KunTun