Endi dam olish kunlarida ham oylik to‘lash mumkin

Date:

Oylik maosh ham bir rag‘bat aslida. Bu ish unumiga, kasbiy muvaffaqiyatlarga xizmat qiladi. Tajribamizni oshirib, jamiyat hayotida o‘z o‘rnimizni topishimizda turtki bo‘ladi. Maoshimizni oladigan kun esa har bir xodimni quvontirishi, rejalashtirib qo‘ygan ishlarni amalga oshirishi uchun zamin hozirlashi aniq. Ammo, maosh oladigan sana dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa bormi, bir necha kun sabr qilishimizga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston Iqtisodiyot va Moliya vazirligining g‘azna hisob raqamlari Markaziy bankning tezkor to‘lov tizimiga integratsiyalashtirilgani ana shunday kutishlarga chek qo‘yadi. Natijada to‘lovlarni 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Hali bu hammasi emas, qolaversa, aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga doir prezident qarori ham qabul qilindi. Hujjatda to‘lovlar bilan bog‘liq bir qator masalalarni hal qilish belgilangan. Qarorda belgilangan muhim yangiliklarda biri – dam olish kunlarida ham to‘lovlarni davlat g‘azna hisob raqamidan amalga oshirish imkoni yaratilishidir. Bu bank ish kuniga taalluqli bo‘lmaydi. Yaʼni mablag‘lar onlayn rejimda, tezkorlik bilan to‘lanadi.

Manbalar asosida H.Baxtiyorova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Hammaga ma’lumki, hozirgi kunda yurtimizda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish...

Termizda yangi hayot nafasi

Termiz shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari nafaqat shahar qiyofasini...

103 xizmati faoliyati raqamlarda

Termiz davlat universiteti qoshida 103 xizmati yo’lgan qo’yilgan. Ushbu...

Yong‘in-qutqaruv salohiyati yangi bosqichda

Aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga...
KunTun
KunTun