Surxondaryo tabiatiga bagʻishlanadi

Date:

Ona tabiatimiz go‘zalligi, nafosati, ayniqsa, bahor faslida yaqqol namoyon bo‘ladi. Surxon vohasi o‘zining noyob o‘simlik va hayvonot dunyosiga nihoyatda boy. Bunday ajoyibotlar to‘planib, oʻlkamiz tabiatiga bagʻishlangan kitob holida nashr etildi.
Aytish kerakki, ushbu kitob Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatining yovvoyi tabiati, xususan, “Hisor” va “Surxon” davlat qoʻriqxonalari, oʻrmon xoʻjaliklari hududidagi noyob tabiiy yodgorliklar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, togʻ qishloqlarining maftunkor manzaralari, aholisining oʻziga xos turmush tarzi, qadriyatlari haqida hikoya qiladi.
Kitobdagi ma’lumotlar bu bilan cheklanmagan, balki Oʻzbekistonning eng baland maskanlari — Hazrati Sulton, Xoʻja Pir-pir ota, Osmontalash choʻqqilari, Sherlar darasi, Amir Temur, Chilsim, Zarautsoy, Ajinakamar, Teshiktosh, Xoʻjaipok gʻorlari, yuksakligi 500 metrlik Bibishoy shotisi, Xomkon koʻli, qadimiy dinozavr izlari, Sangardak, Hoʻkizburun, Baytaldumi sharsharalari, Qizildaryo, Tanhozdaryo, Oqsuv daryosi, tabiiy oʻrmonlar, sersuv buloqlarga alohida toʻxtalgan.
Kitob muallif Abdulla Mamasodiqovning jurnalist sifatidagi sayohatlari davomida koʻrgan-kechirganlari, taassurotlari, hayajonlari asosida yozilgan. Uni o‘qish jarayonida har bir o‘quvchi muallif yondashuvi, qarashlari, taassurotlarini his etish bilan birga yurtimizning boy tabiati va tarixi bilan ham tanishadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun