“Yoshlar va qonun”da g‘olibi boʼlishdi

Date:

Ko‘rik-tanlovlar, bellashuv va musobaqalar yoshlarning turli sohalar bo‘yicha bilimlarini boyitishda, sinab ko‘rishda, o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyon etishda bir minbar, sinov maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Ha, bilimlar, iqtidor va iste’dodlar ana shunday kashf etiladi, yuzga chiqib, namoyon bo‘ladi.
Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Respublika Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan “Yoshlar va qonun” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi ham ana shunday maqsadga xizmat qildi deyish mumkin. Mazkur tanlovda Surxondaryo viloyati sharafini munosib himoya qilish Аngor tumanidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabining bilimli va iqtidorli o‘quvchilari zimmasiga yuklatildi.
Maktabning “Yosh huquqshunoslar” jamoasi bildirilgan ishonchni oqlash uchun sidqidildan harakat qildilar. Har bir shartdan muvaffaqiyatli o‘tib, hech bir viloyatning yoshlaridan bilim va salohiyatda kam emasligini ko‘rsata oldilar. Ularning faol ishtiroki, tirishqoqligi hakamlar hay’atining e’tiboriga tushdi va e’tirofiga sabab bo‘ldi. Surxondaryoning “Yosh huquqshunoslar” jamoasi faxrli 1-o‘ringa o‘z mehnati va bilim-mahorati ila erishdilar.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun