MA’NAVIYAT KUTUBXONASI TASHKIL ETILDI

Date:

Kitobga oshno ko‘ngillarning ikkinchi uyi — bu kutubxona bo‘lsa kerak. Ma’naviy xazinalar joy olgan mo‘jazgina dargohga qo‘nim topib, qimmatli vaqtini mazmunli o‘tkazadiganlar borki, mutolaa zavqidan bahra olishadi. Ammo, kitob o‘qishni orzulab, kutubxona izlab topa olmaslikdan yomoni yo‘q. Bor bo‘lsa-da, uzoq bo‘lsa…
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi va Sariosiyo tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan Sariosiyo tumanidagi “Gulobod” mahallasida “Ma’naviyat kutubxonasi”ning tashkil etilgani kitobxon yoshlarning ko‘nglidagi ish bo‘ldi.

Kutubxonaning foydalanishga topshirilishi, kitobxonlarni qabul qila boshlagani katta xursandchilikka, shodiyonaga aylanib ketdi. Ayniqsa, ushbu kutubxonada o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara durdonalaridan iborat 100 dona kitoblar jamlanmasi topshirilgani ajoyib tuhfa bo‘ldi deyish mumkin.
Endilikda yuqoridagi mahalla fuqarolari uchun tashkil etilgan “Ma’naviyat kutubxonasi” aholi xususan yoshlarga ma’naviy ozuqa bo‘lish bilan bir qatorda ularda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, faol fuqarolik pozitsiyasini, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirishga xizmat qiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun