Endi tibbiy xulosa so‘ralmaydi

Date:

Ba’zan idora va tashkilotlarda doimiy so‘raladigan ma’lumotnomalar, ortiqcha qog‘ozbozlik kishining tinkasini quritadi. Yaxshiyamki, bir necha yildirki, qabul qilinadigan qaror va farmoyishlar sabab ana shunday qog‘ozbozlikning, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi olindi. Bu bo‘yicha ishlar esa hali-hamon davom etayotir. 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlashda nogironligi bo‘lgan shaxslardan tibbiy xulosa talab qilish ham bekor qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida bu haqida belgilab qo‘yilgan. Bunda fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish va nogironlikni belgilash bilan bir vaqtda tegishli protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun tibbiy xulosa tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimiga kiritiladi.
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun talab etiladigan tibbiy xulosaning mavjudligi o‘zaro axborot almashinuvi orqali aniqlanadi. “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimiga kiritilgan tibbiy xulosa asosida mazkur axborot tizimiga integratsiya qilingan “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasida nogironligi belgilangan shaxsning murojaati (shu jumladan, elektron tartibda) asosida protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun elektron sertifikat shakllantiriladi.

Manbalar asosida S.Davlatova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi xususiy maktab xizmatga shay

Denov tumanida ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam...

Mis qayta ishlanadi

Uzunda mis qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga...

Jarqo‘rg‘onda 1 000 ta ish o‘rni yaratiladi

Xorijiy investorlar va kompaniyalar delegatsiyalari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi...

Basaltdan mineral vata ishlab chiqariladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investorlar bilan navbatdagi uchrashuvlarni...
KunTun
KunTun