227 nafar ishsizning bandligi taʼminlanadi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumani “Avlod” mahallasi hududidagi foydalanilmasdan kelinayotgan 27 gektar yer maydonini o‘zlashtirish va foydalanishga kiritish maqsadida 227 nafar ishsiz fuqaroga 10 sotixdan ajratish orqali bo‘lib berilishi reja qilingan. Bu esa shuncha fuqaroning bandligi ta’minlanib, foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘ladi, daromad orttiradi degani.
Hozirda esa ushbu yer maydonini o‘zlashtirib, ekin-tikin qilishga moslashtirish maqsadida kerakli qulaylik yaratilayotir. Xususan, suv taʼminoti va elektr tarmog‘i bilan taʼminlash maqsadida 3,3 kilometrga suv tarmog‘i tortildi. 8 ta nasos o‘rnatilib, suvni zaxira sifatida saqlash uchun 3 ta suv saqlagich (hovuz) qurildi. Suv saqlanadigan har bir hovuzning hajmi 3 ming tonnani tashkil etadi. Shuningdek, 2 ta transformator, 62 dona beton ustun ham o‘rnatilgan. Bu ishlar uchun byudjetdan 4,2 milliard so‘m mablag‘ sarflangan.
Barcha tashkilish ishlar bajarilgandan so‘ng, yerga kerakli ishlov berilib, ekin ekish ishlari boshlab yuboriladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun