B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishdi

Date:

Bugun til bilishga har qachongidan-da e’tibor kuchaygan. Oliy ta’lim tizimida o‘qishni istagan yosh borki, bir yoki bir nechta chet tillarini bilishi shart. Ilm yo‘lida, albatta, til bilish as qotadi. Biror mavzuni yoritish yoki o‘rganish jihatidan ham xorij tilidagi adabiyotlarga murojaat qilish, o‘qib o‘rganish mumkin.
Maktab ta’limidanoq o‘quvchi-yoshlar mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda ingliz, nemis tillarini o‘rganayotgani, quvonarli hol albatta. Oltinsoylik bir guruh yoshlar ham til o‘rganishga astoydil kirishgan.
Tumandagi 8-sonli IDUMning iqtidorli o‘quvchilari Vazira Po‘latova, Yulduz Boymirzayeva, Sevinch Ramazonova hamda Fazilat Ismoilovalar til bilish darajasini aniqlash uchun imtihon topshirdilar. Ular milliy va IELTS xalqaro til bilish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, B2 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun