Oqava suvni tejash yo‘lida…

Date:

Suv hayot, tiriklik manbai. Nafaqat insonga balki tirik organizmga, o’simlig-u hayvonot olami ham suvsiz yashay olmaydi. Nobud bo’ladi. Shunday ekan oqava suvni tejash va samarali foydalanish lozim. Bu bo’yicha esa joylarda o‘rganish ishlari olib borilayotir. Suv resurslarini o‘rganish, hisobga olish, undan kompleks foydalanishni rejalashtirish, sug‘orish sistemalarini ekspluatatsiya qilish, yer osti va yer usti suvlarini ifloslanishdan, tugab qolishdan saqlash, shuningdek, uni isteʼmolchilarga yetkazib berish bo’yicha soha mutaxassislari oldida turgan vazifalar mas’uliyatli va zalvorli.
Suv xo‘jaligi vazifasiga yerlarni sug‘orish, zaxini qochirish, yaylovlarni suv bilan taʼminlash, tuproq qatlamining yuvilib ketishi va jarliklar hosil bo‘lishining oldini olish, yerlarni, binolar, inshoot va boshqa obyektlarni suv toshqini va suv bosishdan muhofaza qilish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, aholini suv bilan taʼminlash, suv energiyasidan foydalanish, suv resurslarining behuda sarflanishi, kamayib ketishi va ifloslanishidan muhofaza qilish maqsadida Bandixon tumanida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimi A.Allamuradov va Amu Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i T.Alimov boshchiligida “Oqqapchig‘ay” kanallar tizimi faoliyati o‘rganildi. Suvni tejash, tizimli sarflash bo’yicha kerakli yo’l-yo’riq va tavsiyalar berildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mehnat Rohat” yangi loyihani amalga oshiradi

Surxondaryo viloyati hokim Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Yo‘l bo‘ylari obodonlashtirilmoqda

Surxondaryo viloyati hkimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududlarning...

Loyihalari tanqidiy o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi ishchi guruh Jarqo‘rg‘on...

Navroʻz — “Yangi Oʻzbekiston”dan boshlanadi

Prezidentning 2026-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq, 2026-yilgi Navroʻz bayramini munosib...
KunTun
KunTun