Muammmolar “xonadonbay” o‘rganilmoqda

Date:

Aholini “xonadonbay” o‘rganish tizimi yo‘lga qo‘yilganidan buyon mas’ullar muammo va takliflarni tinglayapti, ularni atroflicha o‘rganib, eng maqbul yechimni ko‘rishga harakat qilishayotir. Kimningdir eshigini qoqsangiz, oilaviy nizolar, kelishmovchiliklardan so‘zlab, uni bartaraf etishga yordam so‘raydi. Kimdir esa imkonsizlik ichra imkoniyat yaratib, foydali ish bilan mashg‘ul. Ammo, turgan gapki, ularga ham qandaydir qo‘llov, yordam kerak. Ana shundagina yanada ko‘proq ishlarga qodir ekanini ko‘rsatishadi. Bu esa nafaqat o‘sha oilaga, jamiyatga, xalqqa ham foyda. Sherobod tumani hokimi Zaynobiddin Xalilov tumandagi mahallalarda bo‘lib, ulardan hol so‘rash bahonasida muammo va takliflarini tingladi.
Hokim tumanning “Cho‘yinchi” mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi Eldor Rahmonovning ham xonadonida bo‘ldi. Eldor Rahmonov bugungi kunda xonadonida baliqchilikni yo‘lga qo‘yib, o‘z oilaviy byudjetiga daromad keltirmoqda. Tuman hokimi Eldor bilan yaqindan suhbatlashib, uning muammo va takliflarini tingladi. Eldor tuman hokimidan bog‘dorchilik uchun yer maydoni hamda artezian suv qudug‘ini qurishda amaliy yordam so‘radi.
Yer bilan bog‘liq murojaati yuzasidan fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. Artezian suv qudug‘ini qurishda esa amaliy ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun