BUVAYDA TAJRIBASI SHO‘RCHIDA

Date:

Shunday kasb va hunarlar borki, o‘qib o‘rganish yoki ustoz ko‘rish shart emas. Shunchaki, qiziqish va ishtiyoq kuchli bo‘lsa, harakat va izlanish bilan ham natijaga erishish, o‘rganish mumkin. Hilola Mamatqulova ham tikuvchilikka qiziqqanidan kimgadir shogirdlikka tushishni o‘ylamay, turmush ortog‘ining kiyimlarini so‘tib, bichilish va tikilish texnikasini sinchkovlik bilan o‘rgandi. E’tibor berish lozim bo‘lgan jihatlarni o‘zi uchun qoralab oldi-da, qo‘l mashinada qayta tikdi. Qarasa, uddasidan chiqsa bo‘lar ekan. Shu tariqa tikuvchilikni mustaqil o‘rgandi. Mana shunday ishtiyoq bilan boshlangan ishga ham 15 yil bo‘layotir. Hozirda esa Hilola Mamatqulova desa ko‘plarning ko‘z o‘ngida tajribali tikuvchi va tadbirkor ayol namoyon bo‘ladi. O‘zini sinab ko‘rishdan, o‘rganishdan olib qochmaydigan tadbirli ayol bugun jamiyatda ko‘plarga ibrat va namuna sifatida e’tirof etiladi.
Tikuvchilik kasbiga qiziqadigan, ammo boshlashga cho‘chiydigan yoki chevarlikni o‘rganayotib, o‘ziga ishonchi bo‘lmagan xotin-qizlar uchun Hilola Mamatqulova yaxshigina motivatsiya bera oladi. Sho‘rchi tuman kasb-hunarga o‘rgatish markazida tikuvchilik sirlarini o‘zlashtirayotgan ana shunday ayollarning esa shu sababdan ham o‘ziga ishonchi ortib, qaysi yoshda bo‘lmasin, maqsad qilgan va qiziqqan sohasi yoki hunarini o‘rganish va ish olib borish mumkinligiga amin bo‘lishgan. Buning uchun astoydil harakat qilsa va mehnatdan qochmasa, uddalashiga ko‘zlari yeta boshlagan.
Sho‘rchi Indenim klasteri mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Buvayda tumanidan malakali mutaxassisning jalb qilingani, uning tajribasini amaliyotga joriy qilinayotgani hunar o‘rganish, tadbirkorlik qilish niyatida bo‘lgan xotin-qizlarning kasb mahoratini oshirishida qo‘l kelayotir.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun