Chet el texnologiyasi olib kelindi

Date:

Surxon vohasining qaysi hududiga yo‘lingiz tushmasin, ulkan obodonlashtirish va qurilishlar ketayotganiga guvoh bo‘lasiz. Albatta, vohaning yangicha qiyofa kasb etishi, o‘zgarishlarga yuz tutishida qurilish sohasida mehnat qilayotgan mehnatkashlarning hissasi katta. O‘z-o‘zidan ayonki, bu sohaga talab va ehtiyoj har doim ham yuqori. Shu sababdan ham qurilish sohasiga o‘zini urayotganlar ham, o‘z tadbirkorligini boshlayotganlarning ham soni ortib bormoqda. Ayniqsa, xorijiy investorlarning jalb etilayotgani soha istiqbolini belgilab beradi.
Ayni shunday Uzun tumaniga xorijiy investorlarni jalb etish hamda xorijiy texnologiyalarni olib kelish borasida ham bir qator ishlar olib borilayotir. “Ulkan Sarbon-Fayz” MChJ tomonidan Turkiya davlatidan qum-tosh ishlab chiqarish texnologiyasi olib kelindi va o‘rnatildi. Qiymati 4 milliard 814 million so‘m bo‘lgan loyiha ishga tushdi. Bu esa zavod bir yilda 40 ming tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi degani. Hozirgi kunda esa 5 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun