“YASAGAN O‘YINCHOQLARIMNING 10 TASINI SOTIB OLGAN HOKIM YANA 100 TA BUYURTMA QILDI”

Date:

Mavluda Qobilova qo‘li yengil hamshira. Uning muaolajalari bilan mahalla-ko‘y, umuman dardiga shifo izlagan borki, darmon topadi. Ammo, shu bilan kifoyalanishni istamagan, bundan-da ko‘prog‘iga qodir ekanini isbotlashga uringan Mavluda boshqa sohada ham o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. To‘g‘rirog‘i, o‘yinchoqlar yashashga qiziqib qoldi. To‘qishni bilgani qo‘l kelib, oddiy to‘qimachilik iplaridan turfa xildagi gullarni, turli o‘yinchoqlarni to‘qiy boshladi. Asosiysi kerakli obraz uchun unga mos ravishda ip ranglari ham tanlanadi. Ichiga sentifon paxta solib, ishni tugallagach, qarabsizki, turli hayvonlar, ertak qahramonlari paydo bo‘ladi.
Hunarmand ayolni bugun nafaqat o‘zi yashaydigan mahalla, balki sho‘rchiliklar ham yaxshi taniydi. Opaning ajoyib o‘yinchoqlaridan xarid ham qilishgan. To‘g‘ri-da, bu o‘yinchoqlar xavfsiz, sifatli va chiroyli ko‘rinishga ega. Yana uzoq muddat xizmat qilishini hisobga olsak, bolajonlarimiz uchun eng yaxshi do‘st bo‘lishi turgan gap.
To‘qigan o‘yinchoqlaringizga talab yuqori bo‘lsa, yetmaganiga daromad ko‘ra boshlasangiz, ishingizga nisbatan mehr va ishtiyoqingiz oshishi aniq. M.Qobilova ham o‘z ishidan zavq olib, 15 yildirki, hunarini tashlagani yo‘q. Ko‘plab shogirdlar yetishtirib, “ustoz-shogirdlik” an’anasini davom ettirib kelmoqda. Ayniqsa, tuman, viloyat va respublika miqyosidagi tanlov va ko‘rgazmalarda, festivallarda ishtirok etib, o‘zi yasagan o‘yinchoqlarning xaridorini ko‘paytirmoqda. Sho‘rchi tuman hokimligida tashkil etilgan milliy ko‘rgazmalar namoyishida ham hunarmand ayol o‘z o‘yinchoqlari bilan ishtirok etdi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan borki, Mavludaning o‘yinchoqlariga qiziqish bildirib, farzandlari uchun xarid qilishga tushib ketishdi.
— Ko‘rgazma davomida yasagan o‘yinchoqlarimdan 10 tasini tuman hokimi sotib olganidan mamnun bo‘ldim, — deydi M.Qobilova. — Yana 100 ta o‘yinchoq uchun tuman hokimining o‘zidan buyurtma oldim. Kelgusida faoliyatimni yanada rivojlantirib, 4-5 nafar mahalladoshimni ish bilan band qilmoqchiman.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Tadbirkor qizlar” biznes marafoni start oldi

Xotin-qizlarni biznesga qiziqtirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari uchun yetarlicha...

Yangi imkoniyatlar…

Surxondaryo viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati jamiyat hayotining deyarli...

Surxondaryo delegatsiyasi Tojikistonda

Yurtimiz Mustaqilligining 33 yillik shodiyonalari hali tugagagni yo‘q. xalqimiz...

«Qo‘mondonlik kubogi» musobaqasida

Sport birdamlikka, sport jismoniy chiniqish-u muvaffaqiyatga boshlaydi. Yoshlarimizni sportga...
KunTun
KunTun