Kelgusi rejalar muhokama qilindi

Date:

Termiz shahridagi Matbuot uyida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining o‘tgan yildagi faoliyati yakuni hamda kelgusidagi rejalar borasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. So‘zga chiqqanlar dastlab jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish va hal etish, norma ijodkorligi huquqini qo‘llash amaliyoti bo‘yicha hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasi kabi boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tizimda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berishdi.

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 9278 ta murojaatning 8467 tasi hal etilib, shundan 4879 tasi yoki 57,6 foizi qanoatlantirilgan. 3578 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, 9 tasi rad etilgan, 396 tasi ko‘rib chiqish uchun vakolatli organlarga yuborilgan bo‘lsa, 61 ta murojat hisobot yilidan qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 665 ta taklif ishlab chiqilgan.
Boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan hisobot davrida o‘rganish va monitoringlar o‘tkazilib, natijada 62 943 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda ogohnomalar kiritildi. Shunga ko‘ra 2 276 nafar shaxs intizomiy (shundan 75 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 683 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. 24 558 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilinib, 46 millard so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
Matbuot anjumani davomida ayni masalalar haqida batafsil to’xtalib o‘tilgach, kelgusi rejalar muhokamasiga navbat berildi. Jurnalist va blogerlar hamda keng jamoatchilik vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

D.Qo‘zimurodova,
N.Muhibulloyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun