Viloyat hokimi sovrini uchun…

Date:

Bolalikdan askarlikni orzulagan bola borki, Alpomishdek mard va jasur bo‘laman deydi. Bu gaplar shunchaki aytilmaydi. Beg‘ubor bola dunyosi Alpomishdek maydonga tushadi, raqiblarini yengadi. Albatta, ana shunday o‘yinlar zavqli bo‘ladi. Ular ulg‘ayib, muddati yetib harbiy xizmatga otlanishganidachi, orzular maqsadga aylanadi. O‘yinqaroqlik bilan kechgan olishuvlar haqiqiy mardlar kurashuviga aylanadi. Egniga harbiylik libosini kiygan o‘g‘lon borki, zo‘rlar ichra zo‘r bo‘lishga intiladi. Jismonan chiniqib, yuragidagi olovni yanada alangalatadi. “Amir Temur o‘g‘lonlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari” va “To‘maris izdoshlari” tanlovlari esa kurashga tashna harbiy xizmatchilar uchun ajoyib imkon deyish mumkin. Surxondaryo viloyatida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchilari o‘rtasida xuddi shunday tanlovlar bo‘yicha viloyat hokimi sovrini uchun bellashuvlar tashkil etildi.
Harbiy xizmatchilar va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismoniy tarbiya bilan faol shug‘ullanishga jalb etish, Surxondaryo viloyatining baxshichilik, dostonchilik va Alpomishdek qahramonlarga tenglashish kabi an’ana va qadriyatlarni ongiga singdirishni maqsad qilgan tanlov murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi.
Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimligi, barcha kuch tuzilmalar mas’ullari, viloyat ot sportini rivojlantirish boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
Har bir hududining o‘ziga xos xususiyatlari, qadriyatlari, tarixi va madaniyatini, armiya va xalq yakdilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan ko‘rik-tanlovning “To‘maris izdoshlari” yo‘nalishi bo‘yicha barcha kuch tuzilmalardan jami 8 nafar ayol harbiy xizmatchi ishtirok etib, pnevmatik miltiqdan o‘q otish, “Kalashnikov” avtomatini noto‘liq qismlarga sochish va yig‘ish hamda “Tibbiy estafeta” shartlarini bajarishdi.
Harbiy xizmatchilar baxshichilik san’ati bo‘yicha ham o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar. Qo‘llariga do‘mbira tutgancha, xalq og‘zaki ijodidan parchalar kuylab, barchani o‘zlariga qaratdi. Ot minish sirlaridan nechog‘lik xabardor ekanini ko‘rsatgan chavandozlar ham bo‘sh kelishmadi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy xizmatchilari faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va viloyat hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, pul mukofotlari hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Hilol

Oldingi sahifaKatta hayotga…
Keyingi sahifaHisob 5:0…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda ichki turizm yarmarkasi o‘tkazildi

Surxondaryo boy turistik salohiyatga ega hudud. Viloyatda o‘tmishdan saqlanib...

Uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi

Shaxmat va shashka insonni o‘ylashga, mushohada qilishga majbur etuvchi...

MTTlar planshet va internet uzatgichlari bilan ta’minlanmoqda

Zamonaviy texnika, texnologiyalar barcha sohalarda tub burilishlar yasab, katta...

Maktab direktoridan ajoyib loyiha

Ta’lim-tarbiyada rag‘batning o‘rni nihoyatda katta. Rag‘bat yoshlarga motivatsiya beradi....
KunTun
KunTun