Maktabda radiouzel tashkil qilindi

Date:

Maktablarda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimi joriy etilganidan buyon yangidan-yangi iqtidorlar kashf etila boshlandi. O‘quvchi-yoshlarning OAV bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. She’r-u hikoyalar mualliflari ustoz ko‘rib, sayqallanishni boshladi. Ijodda o‘z o‘rnini topishga, maqsadlarini mustahkamlashga ulgurdi.
San’atga, ijodga, kitobxonlikka oshno ko‘ngillar bilan qiziqadigan, ular bilan shug‘ullanib, kerakli yo‘l-yo‘riqni ko‘rsata oladigan ijodkor ustozning bosh bo‘layotgani iqtidorlarga kerakli motivatsiyani bera olyapti. Buni iqtidorlarning yuzaga chiqayotganidan bilish qiyin emas.
Har bir maktabda turli yo‘nalishlardagi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yangiliklar, tashabbuslar xabari esa eshitgan quloqqa hush yoqadi. Bunday harakatlar negizida esa yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yotadi. Sherobod tumanidagi 38-umumta’lim maktabida o‘z faoliyatini yuritayotgan madaniy-ijodiy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi Otabek Berdiqulov otashin ijodkor. Bir qancha she’riy kitoblari chop etilgan. O‘quvchi-yoshlarni ham o‘z ortidan ergashtira olgan targ‘ibotchi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Parvoz” to‘garagiga 120 nafar ijodkor qamrab olingan.
Ahamiyatlisi, maktabda mo‘jazgina radiouzel faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Maktabning jurnalistikaga, ijodga qiziqqan o‘g‘il-qizlari borki, bugun o‘zlarining qobiliyatlarini ko‘rsatib kelmoqda. She’rlar, ertak va hikoyalar o‘qib, bir-biridan qiziqarli dasturlar tayyorlab chiqish qilishayotgan yoshlar kelajakda mahoratli va qalami o‘tkir jurnalist sifatida shakllanishsa, ajab emas.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun