Alpomish-u Barchinoy siymosidan ulgu olishdi

Date:

Xalq tilidan-tiliga ko‘chib yurguvchi rivoyatlar, doston-u ertaklar qadimdan yoshlarni insoniylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ilm-u fan, ma’rifat ziyosidan bahramand bo‘lishga xizmat qilgan. Asrlar silsilasidan o‘tib, qadr-qimmatini, qiymatini yo‘qotmay, qadr topib, sayqallanib kelayotgan xalq og‘zaki ijodi bugun ham qadrli, xalq e’zozi va ardog‘ida. Ularni hali-hamon o‘qib o‘rganamiz, ma’naviy xordiq olamiz. Go‘ro‘gli-yu Kuntug‘mish, Alpomish dostonlari esa ana shunday o‘lmas ma’naviy xazinalardir.

Yosh avlodni mardlik, jasurlik, oilaga, vatanga muhabbat, do‘stga sadoqat ruhida tarbiya topishi uchun ham dostonlarni o‘qish, uqish zaruratdir. Faqat o‘qish bilan ish bitmaydi. Taassurotlar dengizida suzmoq, nimalardir qoralamoq, muhokama va munozaralarda fikrlarimizni charhlamog‘imiz kerak.
Xo‘sh, dostonni o‘qigan bola dunyosida nima o‘zgarish bo‘ldi? Qahramonlar, obrazlarni qanday tahlil qildi? Voqealar qanday jonlandi? Mana shunday savollarga o‘ziga xos javob topishni maqsad qilgan Angor tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi ma’muriyati tomonidan “Biz Alpomish va Oybarchin izdoshlarimiz” shiori ostida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Alpomishni o‘qib, olam-olam tassurot olgan ijodkor o‘quvchi-yoshlar qo‘llariga mo‘yqalam tutgancha, xayolot olamidagi voqealardan, Alpomish-u Barchinoy siymosidan ulgu olishdi. Suratlar havaskorlarning qarashlarini, xayollaridagi manzarani yaqqol akslantirdi. Ranglar bilan qorishgan tasvirlar esa yanada jonlandi. Ushbu ijod namunalarini kuzatgan hakamlar hay’ati esa yosh havaskorlarga munosib bahoni bera olishdi. Yakunda esa gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va sovgʻalar topshirildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahorati yuksak marralarga eltadi

Sport ko‘plab iqtidorlarni yuzaga chiqarib, ularning o‘z yo‘llarini topishiga,...

Kutubxona fondi 1200 kitobga boyidi

Bugundan barcha hududlarda “O‘zbekiston — kitobxonlar yurti” shiori ostida...

O‘smirlarimmiz Osiyo chempionlari

Futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining...

Vatanga qasamyod qilishdi

Egniga harbiylik libosini kiygan o‘g‘lonlarni ko‘rganimizda ular bilan qanchalar...
KunTun
KunTun