Bahodir Jalolov haqida film suratga olinadi

Date:

Bahodir Jalolov O‘zbekistonning faxr-u iftixoriga aylangan sportchi. Yengilmas, kuchli, temir panja deya ta’rif berilgan sportchining-da hayotida siz-u biz bilmagan haqiqatlar bor. U bosib o‘tayotgan zalvorli yo‘l mashaqqat-u mehnatlarga boy bo‘lish bilan birga sinovlarga, nohaqliklarga ham uchragan. Chempionning Tokio Olimpiadasidagi g‘alabasiga bag‘ishlangan suratga olinajak “Yengilmas. Tokioga yo‘l” filmida esa ana shunday haqiqatlar ochiqlanadi.
Rio-2016 Olimpiadasidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng bokschi B. Jalolov qisman boksdan chetlashtiriladi. Ammo, murabbiylar sportchini terma jamoaga qaytarishga muvaffaq bo‘lishadi. Bahodir yana mashg‘ulotlarga kirishadi va qisqa vaqt ichida bir qancha muhim turnirlarda g‘alaba qozonib, nafaqat Osiyo, balki jahon chempioni bo‘ladi.
Shuningdek, filmda antiqahramonlar ham bor: turnir hayʼatiga bir amaldor keyingi Olimpiadada amerikaliklarning g‘alabasini taʼminlash topshirig‘ini beradi. Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasidan faqat Bahodir finalga yo‘l oladi, u yerda amerikalik Torres bilan yuzlashadi. Turnir hayʼati rejasiga ko‘ra, u ko‘r-ko‘rona amerikalikka mag‘lub bo‘lishi kerak edi. Ammo, so‘nggi lahzada makkorona reja barbod bo‘ladi va Bahodir Olimpiada chempioniga aylanadi.
Aytish kerakki, loyihaga 300 ga yaqin mahalliy va xorijiy aktyorlar jalb etiladi. Tasvirga olish ishlari Toshkent, Surxondaryo, Tokio, Nyu-Yorkda olib boriladi. Umid qilamizki, qisqa fursatlarda o‘zbekning yengilmas sportchisi haqida tarixda va qalblarda qoladigan ta’sirli filmni tomosha qilamiz.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik,...

“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga...

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi....

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning...
KunTun
KunTun