Obodonlashtirish xodimlariga termos hamda pul mablag‘lari tarqatildi

Date:

Anomal sovuq ob-havoga qaramay, maktablarda 3-chorak boshlandi. Davomad esa bilganimizdek, sababi ko‘plab ota-ona farzandini sovuqda, qor kechib maktabga jo‘natmayapti. Ko‘plab tashkilotlarda esa ish tartibi masofaviy shaklda amalga oshirilmoqda. Ko‘pchilik issiqqina uyida televizor qarshisida qishni o‘tkazayotgan bir payda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari yo‘llarda xavfsiz harakatlanishimiz va osoyishtaligimiz uchun sovuqni sovuq demay xizmatda.
Jarayonni kuzatsangiz, ular xizmatiga tahsin o‘qiysiz. Ana shunday obodlik va tozalash ishlari viloyatimizning barcha tumanlari qatori Sariosiyo tumanida ham amalga oshirilmoqda. Tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov ayni vaqtdagi anomal sovuq ob-havo sharoitida yo‘llarni muzlamalardan tozalash harakat xavfsizligini ta‘minlash, yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman ko‘chalarini qordan tozalash, qum-tuz aralashmasini sepish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shu bahonada mazkur ishlarda jonkuyarlik ko‘rsatayotgan Obodonlashtirish xodimlariga issiq ichimlik bilan ta‘minlash maqsadida termos hamda 750 ming so‘m miqdoridagi bir martalik pul mablag‘larini topshirildi.
Kamtarona xizmatini munosib baholab, mukofotlayotgan hokim bobosidan mamnun ishchi-xodimlarning xursandchiligi cheksiz. Ular sidqidildan mehnat qilib, qo‘llaridan kelgancha yordam berishlarini aytishayotir.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun