QAHRAMONLAR NOMI BARHAYOT!

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga bag‘ishlangan vatanparvarlik oyligi 2022-yilning 20-dekabridan 2023-yilning 15-yanvariga qadar davom etadi. Bu vaqt oraligida mvzuga bag‘ishlangan tadbirlar, kchalar, uchrashuvlar tashkil etildiki, bu bilan soha xodimlarining mashaqqatli mehnati oz bo‘lsa-da ko‘rsatib berildi.
Vatan himoyachilari kunida nafaqat Vatan xizmatiga bel bog‘lagan mard o‘g‘lonlar, balki dushmanga yuzma-yuz chiqib, jonini-da fido etganlarni ham yod olamiz, xotirlaymiz. Sababi ana shunday mard va jasur Vatan o‘g‘lonlari doimo xalq qalbida va xotirasida abadiy yashaydi.
2000-yil… Sariosiyo voqealari… mamlakatimiz hududiga suqilib kirgan xalqaro terrorchi jangarilar bilan bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv hali-hamon yodimizda. To‘qnashuvda mardonavor kurashgan, yovga ko‘ksini tutib bergan mard o‘g‘lonlar orasida Ulug‘bek Alibekov ham bor edi. U afsuski, to‘qnashuv vaqtida qahramonlarcha halok bo‘ldi.
Vatan himoyachilari kuni bo‘ladimi, Xotira va qadrlash kunini voha yoshlari Ulug‘bek Alibekovni yod etib, xonadoniga borishadi. Yaqinlarining Ulug‘bek haqidagi xotiralarini tinglab, qo‘llarini duoga ochishadi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Muzrabot tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan bir guruh ma’naviyatchilar tumandagi “Soppollitepa” mahallasiga Ulug‘bek Alibekov xonadoniga borilib, uning yaqinlari holidan xabar olindi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik o‘g‘lonlar!

Yurtimiz sharafini yuksakka ko‘tarib, o‘zlarining yutuqlari bilan o‘rnak bo‘lib...

Yirik investitsiya loyihalari bilan tanishildi

Loyihalar, g‘oyalar har doim qimmtli va muhim ahamiyatga ega....

Prokuraturada yangi bo‘linma tashkil etiladi

Har soha va tizimni rivojlantirish uchun yangi qadamlar tashlanadi....

Migrantlarning farzandlari ta’limi uchun to‘lov joriy etiladi

Rossiya Davlat dumasi mehnat migrantlarining farzandlari o‘qishi uchun to‘lov...
KunTun
KunTun