Genderga asoslangan master-klass o‘tkazildi…

Date:

Ayol tazyiqqa, zo‘ravonlikka uchrayaptimi, demak uning huquqlari poymol bo‘lyapti, gender tenglikka putur yetyapti. Allaqachon erkak va ayolning huquqlari teng ko‘rilayotgan bir paytda hali-hamon xotin-qizlarning jamiyatdagi roliga ahamiyatsiz qarash holati uchrayotgani ayanchli. Ularning o‘z o‘rnini topishda OAV kuchini ishga solish eng to‘g‘ri yo‘l aslida. Mavzuga aloqador materiallar doimiy ravishda berib borilsa, ayollarning zo‘ravonlikka uchrashining oldi olinarmidi…

ASTED Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun “Luch Sveta” tashabbusining mintaqaviy dasturi bilan hamkorlikda gidrid format usulda o‘tkazilgan tadbirda bir vaqtning o‘zida oltita davlat poytaxtlaridan (Olmaota, Bishkek, Toshkent, Ashxobod, Dushanbe va Qobul) 200 ga yaqin jurnalistlar ishtirok etdi.
Tadbir “Markaziy Osiyoda zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni qo‘llab-quvvatlashda fuqarolik jamiyati salohiyatini kuchaytirish” loyihasi doirasida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Seminar-trening davomida jurnalistlar mavzuni yoritishda qanday yo‘l tutish, muammoli tomonlarini ochib berishda e’tibor qaratadigan jihatlar haqida qimmatli ma’lumotlarni tinglash bilan birga, o‘zaro fikr va mulohazalar almashdilar.

Hilola

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun