Termiz tumanida avtomobil bozori ishga tushdi

Date:

Avtomobilingizni sotmoqchi bo‘lsangiz yoki sotib olish niyatingiz bo‘lsa, haftaning faqat bir kunida Denov tumaniga yo‘l olardingiz. Sababi avtomobil bozori aynan shu tumanda faoliyat olib borardi. Bu viloyatning markazi va boshqa tumanlardagi aholi uchun noqulaylik tug‘dirardi. Termiz tumani “Yangiobod” mahallasi hududida “Complex technical services” MCHJ tomonidan qurilayotgan zamonaviy avtomobil bozori va ehtiyot qismlari savdo kompleksining birinchi bosqichining ishga tushirilishi esa ko‘pchilikning ko‘nglidagi ish bo‘ldi.
Loyiha qiymati 90 milliard so‘m bo‘lgan zamonaviy avtomobil bozori va ehtiyot qismlari savdo kompleksining ushbu bosqichida “Termiz avto bozori” o‘z faoliyatini boshladi, natijada 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Kompleks to‘liq quvvatda ish boshlagach, qo‘shimcha 450 ta ish o‘rni yaratiladi.
Loyihaning keyingi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.


Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun