MAHALLADAGI “BESHLIK” FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Date:

Har qanday islohotlar negizida xalq manfaati, farovon hayot kechirishi maqsad qilingan bo‘ladi. Shu sababdan ham oiladagi muammolarni, ishsizlikni, turli illatlarni yo‘q qilish maqsadida mahallalarda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchilari kabi yangi lavozimlar tayinlandi. Qolaversa, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va mahalla raisining-da o‘z xizmat vazifasi bor. Ularning faoliyati uyg‘unlikda amalga oshirilajak ishlar ko‘lamini yangi bosqichga ko‘tarishi reja qilingan. Axir bu beshlik yurt taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilib, islohotlar “drayveri” bo‘lishi kerak-da.

Ho‘sh, bugungi kunda ular bildirilgan ishonchni oqlab, o‘z vazifasiga vijdonan va sidqidildan yondashishyaptimi? Termiz shahridagi “Shifokor” mahallasida bo‘lib o‘tgan hisobot yig‘ilishida mahalladagi beshlik: hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qilar faoli hamda profilaktika inspektorining to‘qqiz oylik faoliyatiga oid hisoboti eshitildi. Hisobot yig‘ilishida shahar hokimi O‘.To‘rayev, sektor rahbarlari, mutasaddilar va mahalla fuqarolari ishtirok etdi.

Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar, profilaktika inspektori tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar eshitildi. Kamchiliklar, xatolar tanqid ostiga olingan bo‘lsa, yutuqlar, muammolar tahlil qilindi. Munosabat hamda fikrlar bildirilib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim va ustuvor vazifalar sarhisob etildi.
Nima bo‘lganda ham ishlarni to‘g‘ri tashkil etish, mahalladagi beshlik faoliyatini yanada yaxshilash zarur. Yig‘ilish davomida ayni shu masalalarga to‘xtalib o‘tildi va aniq vazifalar belgilandi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun