KOOPERATSIYA TASHKIL ETILDI

Date:

Hokim yordamchisi lavozimida tashabbuskor va shijoatkor yoshlar o‘z ishini boshladiki, mahallalarda ishsizlik, bekorchilikdan shikoyat qiladiganlar yo‘q hisobi. Yoshlar ham, xotin-qizlar ham ixtisosligi, qiziqishlaridan kelib chiqib, qandaydir yumush bilan band. Yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlab yuborgan.

O‘z ishining ustalari yo‘qolib borayotgan milliy hunarmandchiligimizdan ham bugungi kunda o‘rnida foydalanib, yaxshigina daromad ko‘rish mumkinligini amalda isbotlab kelishayotir.
Muzrabot tumani “Yangi diyor” mahallasi hokim yordamchisi Dilbar Rahimova ezgu tashabbusni boshlab berdi. Mahalladagi Barno Karimova xonadonida 20 nafar xotin-qizni o‘qitish, kasbga o‘rgatish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ayollar bandligini ta’minlash maqsadida kooperatsiya tashkil etdi.

Kooperatsiyada o‘qiyotgan xotin-qizlar milliy an’analarimizni qayta tiklash va kelajak avlodga yetkazishni maqsad qilgan holda gilam to‘qishni, kashta solishni o‘rganishyapti. Bugungi davr talabidan kelib chiqib, milliy va zamonaviylik uyg‘unligida yaratilayotgan kashtalar, gilamlar jahon standartlariga ham sifat jihatdan to‘la javob beradi.

Kursni tamomlaganlarga sertifikatlar topshiriladi. Bu bilan kasb-hunar o‘rgangan xotin-qizlar o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari mumkin.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun