HUDUD CHIQINDILARDAN TOZALANDI…

Date:

Tanovul qiladigan shirinligimizdan chiqqan chiqindidan tortib, ichimligi tugagan bakalajkani maxsus chiqindi qutisiga (agar bor bo‘lsa) tashlashga erinib, shunchaki uloqtirib qo‘ya qolamiz. Bu ko‘rgan ko‘zga xunuk ko‘rinishini qo‘ya turaylik, shahar yuziga dog‘ yanglig‘ bo‘lsa, ular to‘planib hosil qiladigan uyumlar ekologiyaga ham zarar.
Jarqo‘rg‘on tumani “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan “Dehqon oziq-ovqat bozori” MCHJning orqa tomonidagi ichki yo‘l yoqasida ham o‘tgan-ketganning tashlagan chiqindisi to‘planib, aholi ta’bini xira qilayotgan edi. Tuman Ekologiya bo‘limi va “Toza hudud” DUK xodimlar hamkorligida maxsus texnikalar jalb qilindi va noqonuniy to‘planib qolgan chiqindilar tuman markaziy chiqindixonasiga olib chiqib ketildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun