“O‘zgarishlar ko‘zga ko‘rinarli”

Date:

Bugungi kunda jamiyatimizda Volontyorlar haqida keng qamrovli tushunchalar paydo bo‘lmoqda. Bu ham o‘z-o‘zidan ularga bevosita qiziqish bildirayotganlar sonining ortib borayotganini anglatadi. Aynan bu sohada, xususan, Surxondaryoda o‘zgarishlar ko‘zga ko‘rinarli darajada.

“O‘zbekiston davlat va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda ta’lim, o‘zaro muloqot va zaif guruhlarning radikallashishiga qarshi barqarorligini oshirish orqali zo‘ravon ekstremizmning oldini olishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazi volontyorlari, viloyat Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi va Volontyorlar assotsatsiya a’zolarining salohiyatini oshirish mavzusida 3 kunlik seminar-trening tashkil qilindi.

Ertalabdan Xalqaro toifadagi trenerlarning ajoyib, interaktiv o‘yinlari bilan boshlangan treningga Termiz shahridagi “Arbat” restorani mezbonlik qildi. Bevosita ko‘ngilli volontyorlar salohiyatini oshirishni maqsad qilgan treningning birinchi kunida “NNT va volontyorlik faoliyati” mavzusida fikr almashilgan bo‘lsa, ikkinchi kuni “Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish” borasida bilimlar boyitildi. Treningning so‘nggi kunida “Katta yoshdagilarni o‘qitishning asoslari” haqida ma’lumotlar berildi.

Loyiha davomida ishtirokchilarga turli xil topshiriqlar, vazifalar berildi. Topshiriq shartiga asosan birinchi jamoa o‘rgangan ma’lumotlarini harakatlar orqali ifoda etishi, ikkinchi jamoa esa o‘rganganlari yuzasidan ertak aytishlari kerak edi. Bu topshiriq bugungi kunda yoshlardan talab qilinayotgan tanqidiy fikrlashni oshirish va bilimlarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Dastur yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Kamola Mingto‘rayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun