NURONIYLAR E’TIBORDA

Date:

Yil davomida tinimsiz ishlab, bir oylik ta’tilda sayr-u sayohat qilish uchun har doim ham vaqt va mavrid topa olmaymiz. Tugallanmay qolgan ishlar, turli sabablar bilan bir oyni o‘tkazamiz. Mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonalarini ko‘ngildagidek o‘tkazish maqsadida amalga oshiriladigan tashkiliy ishlar ro‘yxatida ham sayohat, ham ziyorat bahonasida yurtimizning diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rish, ma’naviy-estetik xordiq chiqarish ham nazarda tutilgan.

Ana shunday ishlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Jarqo‘rg‘on tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda mahalla xayriya jamoat fondi xayrli ishga qo‘l urdi. Ayni ularning tashabbusi bilan tumandagi 45 nafar nuroniy otaxon va onaxon Samarqand viloyatiga ziyorat qilish uchun yo‘lga chiqishdi.

Yo‘l taraddudini ko‘rib, ziyoratga otlanganlar yuz-ko‘zida xursandchilik va minnatdorchilik tuyg‘ulari aks etgan. Uzoq yillar davomida mehnat qilib, yurt kezishga fursat topa olmaganlar uchun ham ushbu tashabbus eng yaxshi bahona-yu sabab bo‘lib xizmat qiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun