Nuroniylar yoshlarga mas’ul

Date:

Viloyatda hech bir tanlov, tadbir shunchaki nomiga o‘tkazilmaydi. Har bir ishtirokchining aytayotganlari, amalda qilgan ishlari ko‘zbo‘yamachilikdan xoli. Bir necha oy avval “Bir nuroniy o‘n nafar yoshga mas’ul” tamoyili asosida Qiziriq tumanida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘olibi “Yangi turmush” mahallasi nuroniysi Chori Alimovning qilgan ishlariga nazar solsangiz, fikrimiz nechog‘lik to‘g‘ri ekaniga amin bo‘lasiz.

Pir-u badavlat otaxon ma’naviy ko‘makka muhtoj yoshlar bilan ishlashni kanda qilmaydi. Ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, yoshlarni vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik an’analarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shib keladi. Nasihat qilishdan, to‘g‘ri yo‘lga boshlashdan erinmaydi. Mahalladagi har bir yoshni o‘z farzand va nabirasidek ko‘rib, ularning taqdiriga daxldorlik hissi ila yashaydi. Ana shunday ezgu ishlarga bosh qo‘shib kelayotgan o‘n nafar yoshning ish bilan ta’minlanishida ham bosh-qosh bo‘ldi.

Mahalladagi har bir yoshning xonadoniga borib, ularning hol-ahvolidan xabar olib shug‘ullanayotgan tadbirkorlik faoliyatlari, erishayotgan yutuqlaridan xabardor. Mahallamizda ana shunday insonlar bor ekan yoshlar taqdiridan qayg‘urmasak ham bo‘ladi.

S.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun