Faxriy donorlarga mukofot puli oshiriladi

Date:

Baxtsiz hodisaga uchragan bolakayga zudlik bilan qon quyish kerak. Ota-onaning o‘sha paytdagi holatini bir tasavvur qilaylik. Shu onda bemorga mos qonning topilishi bola hayotini asrab qoladi. Bu yerda donorning xizmati katta.

Donorlik — sharafli ish. U o‘zi va o‘zgalar hayoti uchun ham mas’uliyatli qarorni qabul qilgan bo‘ladi. Donorning qon topshirishi nafaqat o‘zgalarga, balki o‘zi uchun ham foydali. Organizmidagi qon chiqib ketar ekan, qon tanachalari yangisini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu umrni uzaytiradi, yashargan organizmdan kasallik chekinadi.

Hayoti davomida doimiy tarzda donorlik qilib, insonlar hayotini asrab qoladigan savobtalab insonlar ham yo‘q emas. Ana shunday faxriy donorlarni qo‘llab-quvvatlash, munosib rag‘batlantirish maqsadida “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–348-son, 09.08.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra 2023-yil 1-yanvardan “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni uchun mukofot BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha (1,5 milliondan 4,5 million so‘mgacha) oshiriladi. Qolaversa, bunday taqdirlanganlarning qo‘shimcha huquqlari ham yo‘q emas. Ular o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqishlari mumkin. Shahar jamoat transportining barcha turlaridan bepul foydalanish, davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqiga ham ega bo‘ladilar.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Piyodalar xavfsizligi uchun yerusti yo‘lagi

Transport qatnovi gavjum ko‘chalarda piyodalar xavfsizligini ta’minlash alohida e’tibor...

Mahalla faoliyati raqamli nazoratda

Mahallalarda ish samaradorligini oshirish, mas’ul xodimlar faoliyatini muntazam kuzatib...

“Guliston”da yangi yashil hudud barpo etiladi

Yashil hududlarni kengaytirish faqat ko‘chat ekish bilan cheklanmaydi. Buning...

Xurmo tashqi bozorga yo‘l olmoqda

Qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bozorbopligini oshirish va uni eksportga...
KunTun
KunTun