Boysunning Qizil kanyoni turistik manzilga aylanadi

Date:

Dunyoda kanyonlar ko‘p. Ular sayohatchilarning e’tiborini tortib keladi. Kanyonlar yillar davomida tuproq va qoyalarning suv va samol tufayli yemirilishidan paydo bo‘ladi.
Bir ko‘z o‘ngingizga keltiring-a. AQShning Arizona shtatidagi Grand Kanyon 5 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan. Haqiqatan tabiat mo‘jizasi bo‘lmish ushbu ajoyib manzara kishini o‘ziga mahliyo etishi tabiiy. Ushbu maydon parkka aylantirilgan bo‘lib, tomosha uchun har yili 5 million turist tashrif buyuradi.

Yanada aniq tasavvur qilish, tabiatning noyob yaratig‘idan bahra olish uchun manzarani jonli tomosha qilish kerak. Buning uchun esa Amerika-yu Eronga borishga hojat yo‘q. Sababi Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida ham ana shunday kanyon ko‘rinish bera boshladi. Ushbu qizil kanyon ham tobora mashhur bo‘lib bormoqda. U Boysun shahridan bor-yo‘g‘i 3 kilometr uzoqlikda joylashgan xolos.
To‘g‘ri, Boysun kanyoni unchalik mahobatli emas, ammo o‘zining qizil tusi, qoyalarning asrlar davomida sinib cho‘kishi ajib ko‘rinish hosil qilgan.
Ayni paytda ushbu go‘shani turistik maskanga aylantirish ustida ish olib borilmoqda. Kelgusida kanyon uzra havo sharlarida sayohatlar uyushtiriladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun