“Fransiyaning SUEZ kompaniyasi “To‘palang”dan ichimlik suvi quvurlarini tortish ishlarida ko‘mak beradi”

Date:

Surxondaryo viloyati aholisining 46 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. 218 ta suv inshooti va 3 ming kilometrdan ziyod tarmoqlar ta’mirga muhtoj. Viloyatning janubiy tumanlari va Termiz shahrida suv mineralizatsiyasi miqdori oshgan. Shu bois Prezidentimiz Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida “To‘palang” suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘i tortish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Ko‘rsatmaga muvofiq, loyiha ishlab chiqilib, amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

U yerdan tumanlardagi suv taqsimlash uzellarigacha jami 361 kilometr quvur tortiladi. Bu tizim samarasida Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz shahridagi 1 million 700 ming aholining suv ta’minoti yaxshilanadi.
Uni 2024-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.

Hozirgacha Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlarida jami 35,955 kilometr magistral ichimlik suv tarmoqlari tortildi. Shuningdek, Sariosiyo hamda Denov tumanlarida 10,46 kilometr ichki ichimlik suvi uzatish tarmog‘i tortildi.

Shu kunlarda mega loyihaning 2-bosqichi bo‘yicha start beriladi. Bunda Fransiyaning SUEZ kompaniyasi “To‘palang” suv omboridan ichimlik suvi quvurlarini tortish ishlarida ko‘mak beradi. Ayni paytda kompaniya mutaxassislari Surxondaryoda bo‘lib, qurilish ishlari bilan tanishishmoqda.
Mehmonlar dastlab “To‘palang” suv omborida, so‘ng Denov tuman hududida qurilayotgan sig‘imi 20 ming m3 suv saqlash va tarqatish inshootida bo‘lishib, kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni rejalashtirib olishdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Konstitutsiya – tenglik va adolat garovi!”

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan...

Yaxshi dam, mehnatga hamdam

Sariosiyo tumani hokimligi hamkorligida harbiy xizmatchilarning dam olish kunlarini...

Bozor arzon, odamlar mamnun

Jarqo‘rg‘on tumani "Dehqon oziq-ovqat bozori" hududida aholiga qulaylik yaratish...

Bolalardan endi ko‘ngil to‘q

Surxondaryoda kunduzgi parvarish xizmatlari yanada kengaymoqda. Muzrabot tumanidagi “Oriyat”...
KunTun
KunTun