Fransiyada kurash o‘z jozibasini namoyish etdi

Date:

Kurash o‘zbek xalqining erki, qudrati timsoliga aylangan. Hali-hamon er yigitlarimiz polvonlikni o‘ziga sharaf deb biladi. Kurashadi, kuraklarni yerga tekkazish uchun maydonga chiqadi. Ming yillik kurash bugun ham bor. O‘z qadriyatlarini, usullarini unutmagan. Butun dunyo kurashni tanigan va polvonlari o‘zbekning “oʻrtaga”, “taʼzim”, “kurash”, “halol”, “yonbosh”, “chala”, “dakki”, “tanbeh”, “gʻirrom”, “bekor”, “teng”, “toʻxta”, “vaqt” degan soʻzlaridan ulgi olib kurashmoqda.

Fransiyada kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda mutlaq vazn toifasida gilamga chiqqan har bir polvon millati, dini va qarashidan qat’iy nazar o‘zbekona so‘zladi. Kurash gilamiga chiqqan har bir kurashchi o‘zbekcha so‘zlar bilan boshqarib borildi. Ha, hatto Yevropada ham “oliyjanob sport” deya e’tirof etilgan kurash yana o‘z jozibasini namoyish etdi.
E’tiborlisi, Fransiya timsoli sanalgan Eyfel minorasi poyida o‘zbek nomi jaranglab, minglab sayyohlarni o‘ziga qaratdi.

Turnirda 30 ga yaqin davlat polvonlari jam bo‘ldi. Shubhasiz aytish kerakki, har bir millatning kurashishda o‘z usuli bor. Polvonlarning abjirligi, tayyorgarligi maqtashga arzigulik. Ammo, shunga qaramay, o‘zbek polvoniga yetadigan topilmadi. Sherobod tumanidan maydonga chiqqan Muhammadkarim Xurramov polvonlar ichida tengsiz topildi va bosh sovrin — 5 ming yevroni qo‘lga kiritdi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun