Tibbiy oʻlchash vositalari metrologik tekshirildi

Date:

Inson dunyoga kelar ekan, sogʻlom turmush kechirishga, har dam sogʻlom boʻlishga intilib yashaydi. Agar tanangizda bemorlik belgilari sezilsa, salomat boʻlmasangiz, o’ylab qoʻygan rejalaringiz majburiy ravishda oʻzgarib ketadi. Hayotda bemor boʻlmagan insonning oʻzi kam. Shunday paytlarda zamonaviy tibbiyot xizmati sizga yordamga keladi.

Ayni kunlarda yurtimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish borasida qator xayrli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shuni unutmaslik kerakki, salomatlikni tiklashda shifokorlar tomonidan tashxis qoʻyish va davolash jarayonlarida tibbiy oʻlchash vositalaridan foydalaniladi. Bu uskunalarning toʻgʻri ishlayotganligining ahamiyati esa hammaga ham tushunarli holat. Ularning toʻgʻri ishlashi muhim. Zero tibbiy oʻlchash uskunalarining toʻgʻri va aniq ishlashi inson taqdiriga taʼsir etadi.

Angor tumani Tibbiyot birlashmasi shifokorlari ham masʼuliyat bilan ishlab, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi “Tibbiyotda qoʻllanadigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan bir qator amaliy harakatlar olib borilmoqda. Qarorga muvofiq Sogʻliqni saqlash vazirligi, tuzilmasida tibbiy muassasalar boʻlgan vazirliklar va idoralar, xususiy tibbiyot tashkilotlariga bir qator vazifalar yuklangan. Bular — oʻlchash funksiyalariga ega boʻlgan tibbiy texnikaning metrologik nazorati oʻtkazilishini, tibbiy texnikaning davriy sinovlardan oʻtkazilishini, tibbiy texnikaning metrologik taʼminoti va unga texnik xizmat koʻrsatish uchun masʼul xodimlar malakasini oshirishni taʼminlashdan iborat. Tibbiyot birlashmasi murojaatiga asosan OʻzTTSA “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” Surxondaryo filiali mutaxassislari tomonidan sayyor metrologik xizmat koʻrsatildi. Jarayon davomida tibbiyot birlashmasi shifoxonalaridagi 161 dona oʻlchash vositalari qiyoslash koʻrigidan oʻtkazildi.

Sirojiddin Ergashov,
“Oʻzbekiston milliy metrologiya unstituti” davlat mussasasi
Surxondaryo filiali bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faoliyat samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining...

Oltin medalni qo‘lga kiritdi

Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakultetida talabalar...

O‘smirlar maydonda

O‘smirlar ham kattalardan qolishmay, sportda o‘z kuch va mahoratlarini...

Mas’ullarning mas’ulligini oshirib…

Yurtimizda kuz mehmon. Qish esa yaqin. Sekin-asta kunlar salqinlashib,...
KunTun
KunTun