Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymang

Date:

Korrupsiya davr muammosi, bu haqda ho‘p va ko‘p to‘xtalmaylik, bong urmaylik, korrupsiyaga qo‘l uradigan, qo‘lga tushadiganlar topilaveradi. Ayniqsa, mas’ul vazifalarda faoliyat yuritadigan, qonun va qoidalarni, huquqlarini biladigan kimsalarning ayni ishlarni kasb etgani ayanchli. Qonunda davlat organlari uchun korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisiga qator majburiyatlar va cheklovlar belgilanmoqda. Zora, bu ularni jinoyatdan qaytara olsa…
O‘rnatilgan majburiyat va cheklovlar Qonunda davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishdan tortib, ishdan bo‘shatishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda maksimal darajada korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, korrupsiyaga moyil munosabatlarni bartaraf etishga doir normalar o‘z aksini topgan.
Masalan, belgilangan odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi, beg‘araz va xolis bo‘lishi, o‘z xizmat mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi, qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda o‘z daromadlari hamda mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi, davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi shartligi kabi majburiyatlar o‘rnatilmoqda.
Shuningdek, korrupsiya jinoyatini sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sport — yangi milliy yondashuv

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush...

Ish tashlash — endi qonuniy vosita

Zamonaviy mehnat munosabatlarida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi muvozanatni...

Sahnada porlagan iste’dod

San’at — yoshlarning ichki dunyosini namoyon etuvchi, iste’dod va...

“Yangi shahar”da yangi stadion

Hududlarda zamonaviy sport maskanlarini barpo etish — yoshlar salohiyatini...
KunTun
KunTun