Termizlik yoshlar respublika g‘olibi

Date:

Ijodda ham, ilmda ham, sportda ham har bir insonning o‘z tanlovi bor. Bunda qiziqishlar asosiy rol o‘ynaydi. Tilimizga va turmush tarzimizga yaqinda kirib kelib, ommalashib ulgurgan sportning “Street workout” turi, ya’ni ko‘cha sporti ham kim uchundir qiziq. Vaqtimiz maroqli o‘tsa, tanimiz chiniqib, kerakli energiya kuchni ololsak, asosiysi ham shu.
Xolbuki, “Street workout” bo‘yicha mahalla-yu tumanlarda sport musobaqalari tashkil etilib, yoshlar o‘z kuch va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib ham kelayotir. Uning respublika bosqichi esa Samarqandda bo‘lib o‘tdi. Respublikamizning turli hududlaridan kelgan yoshlar o‘zlarining mahoratlarini, nechog‘lik epchil ekanliklarini ko‘rsatdilar. Musobaqa keskin va qiziqarli jarayonlarga boy o‘tdi.
Quvonarlisi, 16-21 yosh toifasida Termiz shahridagi “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasi yoshlari faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 22-26 yosh toifasida Termizning “Bog‘zor” mahallasidan kelgan ishtirokchilar 2-o‘rin sohibi bo‘lishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlarning sanoatga qiziqishi oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosi...

Ishlar jadal tus olgan

Angor tumanining “Guliston” mahallasi hududidan tuman markaziga olib kiruvchi...

Qurilish yakuniy bosqichda

Muzrabot tumanidagi “Xalq yo‘li” mahallasida 90 o‘ringa mo‘ljallangan sendvich...

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...
KunTun
KunTun