“Qo‘rqmasligi va uyalmasligi kerak”

Date:

Til bilish tasavvur va taassurot olamimizni kengaytiradi. Ayniqsa, o‘rganuvchi o‘rganayotgan tilida gapirishdan qo‘rqmasligi va uyalmasligi kerak. Bu haqida mutaxassis maslahati o‘rganuvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Termiz shahridagi 16-IDUMida tashkil etilgan davra suhbatida mehmon bo‘lgan Amerika Qo‘shma shtatlari Arizona Shtatidan tashrif buyurgan janob Ken Myers og‘zaki nutqni o‘stirish va rivojlantirish hamda o‘quvchilarga ta’lim berishda ahamiyat berish lozim bo‘lgan jihatlar to‘g‘risida to‘xtaldi. O‘z bilim va tajribasini o‘rtoqlashib, pedagogik metodlardan foydalanish mahorati haqida tushunchalar berdi.

Davra suhbatida ishtirok etgan ingliz tili fani o‘qituvchilari xorijlik mutaxassis bilan samimiy suhbatlashishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida xalq ta’limi tizimida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o‘zlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijasini berayotir, — maktabning ingliz tili o‘qituvchisi D.G‘aybullayeva. — Buni o‘z ona tilisi kabi chet tillarda so‘zlashayotgan, yutuqqa erishayotgan yoshlar misolida ko‘rish mumkin. Maktabimizda ham chet tillarini o‘rgatishning o‘ziga xos metodlaridan foydalanib kelinmoqda. Ayniqsa, xorij tajribasi ishimizda yanada ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishishimizda maktab vazifasini o‘tayapti.

G. Shabirova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun