Otabek Fayzullayev — O‘zbekiston chempioni

Date:

Uzoq masofaga yugurish uchun avvalo yugurish texnikasini bilish lozim. Harakatlanayotganda oyoq va qo‘llar, umuman tana ham hamohang bo‘lsa, vaqt biz bilan hisoblashadi. Manzil, marra chizig‘i yaqinlashadi-da, g‘alaba onlarini taqdim etadi. Yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida ishtirok etgan Otabek Fayzullayev ham 5 ming metrga yugurish bahslarida marra tomon ana shunday oshiqdi.
Ortda qolgan raqiblar va tomoshabinlar Surxon yigitining chapdastligi-yu, tezkorligiga tan bermasdan ilojlari qolmadi. Sababi u barchani ortda qoldirib, 5 ming metrni birinchi bo‘lib bosib o‘tdi.
Qarabsizki, Otabek Fayzullayev birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston chempioni degan nom bilan uyga qaytdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun