“Fudokane karate”dan chempion chiqdi

Date:

Taniqli rassom Leonardo Da Vinchi aytganidek, agar temir ishlatilmasa zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa ayniydi. Agar kishi fikrlamasa aqlda ham shunday holat yuz beradi. Vaholangki, sport ham ushbu o‘xshatishlardan holi emas. Negaki, sportda ham biror bir natijaga erishaman, sport ustasi bo‘laman, degan sportchi borki, doimiy mashq qilishi, tinimsiz o‘z ustida ishlashi va harakatdan to‘xtamasligi zarur. Ana shundagina muvaffaqiyat kaliti sportchining qo‘lida bo‘ladi.

Sherobodlik Sarvara ham ushbu oltin qoidani yaxshi anglagani ko‘yi yoshlikdan “Fudokane karate”ning “etagidan” tutdi. Mashqlarda chiniqdi, treneri Shahboz Qurbonov esa yosh sportchini har qachon olg‘a yurishga, mashqlarda ildam bo‘lishga “Fudokane karate”ni mahkam ushlashga o‘rgatdi. Oldinga qo‘yilgan maqsad, mehnat va mashqlar o‘z so‘zini aytdi.

Joriy yilning 14-15-may kunlari Toshkent shahrida IIV kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Fudokan karate Federatsiyasi bilan hamkorlikda Fudokan karate sport turi boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlardan jami 300 ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.

Sherobod tumani “Chagʻatoy” mahallasida istiqomat qiluvchi Sarvara Imomova ham ushbu musobaqada ishtirok etib, oʻz yosh toifasida gʻolib boʻlib, Chexiyada boʻlib oʻtadigan chempionatga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida, Sarvara Imomova 17 yoshda. Hozirda tumandagi 1-son kasb-hunar maktabida tahsil oladi. U ikki karra Oʻzbekiston chempioni.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun