Jarqo‘rg‘onda ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

Date:

G‘alla — rizq-ro‘zimiz, yerga boshoq qadab, pishib yetulgunga qadar bo‘lgan muddatda dehqon ozmuncha ter to‘kmaydi. Hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib-terib olish ishlarini tashkil etish esa kishidan alohida tayyorgarlik talab etadi. G‘alla hosilini yig‘ib olish bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumanida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov va mas’ullar boshchiligida o‘tgan seminarda mavsumni sifatli o‘tkazish bo‘yicha fikr ilgari surildi.

O‘rim otryadlari rahbarlari, mexanizatorlar, haydovchilar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda qishloq xo‘jaligiga aloqador barcha mutasaddilar yig‘im-terim ishlariga shay ekanini bildirdi.
Jarqo‘rg‘on tumanida 172 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 8 580 gektar maydonda boshoqli don yetishtirildi. Joriy yilda tuman zimmasiga 26 521 tonna g‘alla yetishtirish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 1 000 tonnasi urug‘lik, 20575 tonnasi davlatga sotish, klaster va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga 5946 tonna boshoqli don topshirish mo‘ljallangan.

Tumandagi 15 ta o‘rim otryadiga 30 ta o‘rim kombaynlari, 108 ta yuk avtomobili va tashish texnikalari, 5 ta ko‘chma ustaxona, 5 ta yonilg‘i tashish transportlari, har bir otryadga bittadan ko‘chma dam olish xonalari biriktirilgan bo‘lib, eng avvalo tumandagi cho‘l zonalarida g‘alla o‘rimiga kirishiladi.

O‘rimni sifatli tashkil etish maqsadida yig‘im-terim ishlarini boshlaydigan mehnatkashlarga naqd pul, un, yog‘, kartoshka va piyoz, guruch hamda go‘sht mahsulotlari topshirildi. Asosiysi yetishtirgan hosil xirmon-xirmon bo‘lib uyulsa, xalqimiz rizqiga baraka inadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun