“Mas’uliyat katta, har bir qadamimiz o‘rnak va namunaga munosib bo‘lishi kerak”

Date:

Oila muqaddas qo‘rg‘on. Unga bosh ota-onaning ko‘ngil ko‘zi ochiq, ma’naviyati yuksak bo‘lar ekan, farzand tarbiyasida qayg‘urmasa ham bo‘ladi. Qovun qovundan rang olganidek, farzand ota va onadan o‘rnak oladi, ayni ularga o‘xshagisi keladi. Oila boshilari ijtimoiy tarmoqlar va telefondagi suhbatlardan bo‘shay olmayaptimi, bola uchun ham telefon muhim vositaga aylanadi. Kattalar qo‘lida kitob bo‘lib, mutolaani qo‘ymasa, vaqtdan unumli foydalanayotganini ko‘rgan farzand ham ulardek bo‘lishga urinadi. Demak, mas’uliyat katta, har bir qadamimiz o‘rnak va namunaga munosib bo‘lishi kerak.
Respublikamiz bo‘ylab, keng ommalashgan kitobxonlik tadbirlari-yu tanlovlarida ham katta hislat bor. Ayniqsa, “Yosh kitobxon oila” ko‘rik-tanlovining start olgani yosh oilalarning nechog‘lik kitobxon ekanini, dunyoqarashi va salohiyatini ochiqlashga xizmat qilayotir. Ishtirok muhim, ammo tomosha qilganga-da, aslida oilada ota-ona qanday bo‘lishi lozimligini ko‘rsatgandek bo‘layotgan bunday ko‘rik-tanlovlar bilimlarni sinovdan o‘tkazish bilan birga eng yaxshi ibrat va namuna bo‘lib xizmat qilayapti.
Аdib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat Аxborot-kutubxona markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yosh kitobxon oila” ko‘rik-tanlovining Termiz shahar bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda mahallalarning faol kitobxon oilalari ishtirok etdi.
Tanlov ishtirokchilari badiiy asarlarni qanday o‘qigani va uqqanini isbotladilar. Badiiy adabiyotlar haqidagi fikr va munosabatlari, taassurotlarini o‘rtoqlashish bilan birga hakamlar hay’atining savollariga tezkorlik bilan to‘g‘ri va aniq javob berishga harakat qildilar.
G‘olib oila vakillariga tashakkurnoma hamda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 200-300 va 500 ming so‘mlik vaucherlari taqdim etildi.
Ko‘rik-tanlovni o‘tkazishda yaqindan yordam bergani uchun Termiz shahridagi 16-sonli oʼrta umumtaʼlim maktabi kutubxonachisi Gulnoz Shabirova ham tadbir so‘nggida tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Istiqbolli loyihalardan tomonlar manfaatdor

Surxondaryo kundan kunga chiroy ochib, obod ko‘rinish kasb etmoqda....

Jalinga interaktiv studiyasi ish boshladi

Bugun ijtimoiy tarmoqlar, media mahsulotlari tayyorlar, shu yo‘nalishda ijod...

… foydalanishga topshirildi

Tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor negizida xalq salomatlgini asrash yotadi....

Taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Qurbon hayiti bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi. Qutlug‘ sanani...
KunTun
KunTun