“Oyinli”da “Dakara” pishdi

Date:

Kunlar isib, chanqoqbosti ichimliklar va sarxil mevalarga ehtiyoj sezamiz. Vohadagi issiq havo iqlimi esa bizni ko‘p ham intiq kuttirmaydi va xushta’m ne’matlari bilan siylaydi. To‘g‘ri, buning uchun munosib havo iqlimi bilan birga yetarlicha shart-sharoit yaratish, qarov ham muhim. Sherobodlik mehnatkash dehqonlarning ana shunday zahmati o‘z hosilini berdi. Tumanning 4-sektor hududi O‘zbekiston massivi “Oyinli” mahallasida joylashgan “Ozodbek Munisabonu” xususiy korxonasiga qarashli 30 gektarga yaqin anorzor orasiga ekilgan “Dakara” navli qovunlar pishib yetildi.
Atiga ikki oy avval qadalgan qovun urug‘laridan dastlabki hosil yig‘ib-terib olindi. Hosilning 7-8 tonnaga yetgani esa dehqonlarni ikki karra quvontirdi. Mana shunday ertapishar qovunlar birin-ketin rang olib, xalqimiz dasturxoniga taqdim etilayotir. Ta’mi tilyorar qovunlar nafaqat Surxon ahlini, balki respublikamizning Buxoro va Navoiy viloyatlariga ham yo‘l olib, bozor rastalaridan joy olayotgani qo‘shni viloyatdagilarni-da yangilikdan bahramand qilyapti.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun