Yarmarkada 500 dan ortiq mahsulot namoyish etilmoqda

Date:

Voha har jihatdan rivojlanib borayotgan hududlar sirasiga kirsa-da, baribir, hali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha yetakchi maqomini qo‘ldan berganimiz yo‘q. Biroq ishlab chiqarish, sanoat usulida mahsulot yetishtirishda ham ortda qolmaslik payidamiz.

Mahsulot yetishtirish barobarida sanoatda qayta ishlash va uni eksportga yo‘naltirish borasida ham ishlar qizg‘in. Bu borada tadbirkorlar uchun yanada qulayliklar yaratilib, ularga keng imkoniyatlar eshigi ochilayotgani ham bor gap. 

Termiz shahridagi San’at saroyida qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlari hamda dorivor o‘simliklarni qayta ishlash, transport, logistika sohalari uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ish boshladi.

Ikki kun davom etadigan yarmarkada  300 dan ortiq sanoat va hududiy korxonalar qatnashmoqda hamda taqdim etilgan mahsulotlar assortimenti 500 dan ortiq tovar pozitsiyasini tashkil qiladi.

Yarmarkaning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, xolding kompaniyalari, shuningdek, ishbilarmon doiralari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi tadbirni ochar ekan, respublikamizda ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali sanoat salohiyatini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotganini va bu borada samarali choralar ko‘rayotganini ta’kidladi.

Mazkur yarmarka ham ana shunday chora-tadbirlardan biri bo‘lib, mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni ko‘paytirish, mahalliy xomashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirish, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ish o‘rinlari yaratishga qaratilgani qayd etildi.

Yarmarkada asosiy e’tibor mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini o‘rganib chiqish, kelgusida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va ish ko‘lamini kengaytirish uchun buyurtmalar portfelini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Tadbirda sanoat kooperatsiyasi asosida o‘zlashtirishga taklif etilgan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar, ularga bo‘lgan yillik ehtiyoj, texnik talab va ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish, shuningdek, mahalliylashtirish loyihalarini moliyalashtirish instrumentlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlash bilan birga tadbirkorlik foaliyatini amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yuridik, metodik va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha amaliy yordam berish ko‘zda tutilgan.

E’zoza

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xitoy bilan sanoat loyihalari amalga oshiriladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Ulug‘bek Qosimov Xitoy Xalq Respublikasining “Hebei...

QOZOG‘ISTONDAN MEDAL BILAN…

Mehnat va izlanish, albatta, o‘zining ijobiy natijasini beradi. Buni...

Necha sotixgacha bo‘lgan yerlarga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi...

Ziqna zaqqum

Kiyimlarining oxori to‘kilib, eskirib ketgan ayol, eriga yolvordi: "Jon...
KunTun
KunTun