“Qarabtep”dan tortib arg‘amchigacha

Date:

“Qarabtep” xalq o‘yini bir necha asrlar mobaynida xalq sayillarida, “Navro‘z” bayramlarida muntazam ravishda o‘ynalib kelingan. Bu o‘yin qo‘yning bir parcha junli terisiga metall parchasi mahkam bog‘langan anjom bilan o‘ynalgan. Bu anjom “Tepki”, tepadigan shaxs “Tepkichi” deb ataladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda biron-bir o‘zbek xonadoni topilmasa kerakki, “Qarabtep” o‘yinini bilmagan, sevib o‘ynamagan bo‘lsa. O‘zbek mahallalarida mazkur o‘yinni yoshu qari birdek sevib o‘ynab kelgan. Chunki, “Qarabtep” o‘yini maxsus joy yoki asbob-anjom talab qilmaydi. Bu o‘yinni har qanday joyda o‘ynash mumkin. Mustamlaka davrida har xil bahonalar bilan ko‘pgina qarshiliklarga uchragan bo‘lishiga qaramay, “Qarabtep” o‘yini xalqimizning sevimli milliy o‘yin turlaridan biri bo‘lib kelgan.

Ilgarilari bu o‘yinni shunchaki jismoniy chiniqish, tan sihatligi uchun o‘ynalgan bo‘lsa, bugun ushbu o‘yinni mahorat bilan o‘ynab, g‘oliblikni qo‘lga kiritganlarga katta “sovrin” ham beriladigan bo‘ldi. Bunday imkoniyat “Qarabtep”ning ixlosmandlarini bu yilgi “Boysun bahori” festivaliga chorlamoqda. Kimdakim “Qarabtep”da moxir bo‘lsa, darhol qo‘lga “Qarabtep”dan olsinda Boysunning Padang qishlog‘iga otlansin. Ham o‘ynaysiz, ham mukofotni qo‘lga kiritasiz.

Shuningdek, “Qarabtep”dan tashqari, “Tosh ko‘tarish”, “Arqon tortish”, “Qo‘lda kuch sinash”, “Kamondan otish”, “Arg‘amchi”, “Otda kurash”, “Chillak”, “Varrak uchirish”, “Oshiq o‘yini”, “Elkada kurash”, “Stol tennis”, “Badminton” hamda                  “Valeybol” o‘yinlari bo‘yicha ham musobaqalar 7-may kuni “Boysun bahori” festivalida bo‘lib o‘tadi va ushbu o‘yinlarda ham abjirlik va mahorati ustun kelganlar alohida taqdirlanadi. Shunday ekan, ham tomosha, ham sayil ham musobaqa, deya “Boysun bahori”ga oshiqing.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun