120 bolaning quvonchiga sherik maskan

Date:

Bog‘chaga borib, yoshiga munosib tarzda zamonaviy bilimlarning dastlabki bosqichidan xabardor bo‘lish, savod chiqarib, dunyoni anlash, o‘z ona tili hamda xorij tilida she’rlar aytish chekka hudud jajjilari uchun bugun orzu bo‘lmay qoldi. Negaki har qadamda duch kelayotganimiz — yangidan qurilayotgan, ta’mirlanayotgan MTTlar aynan tumanlarda, kerak bo‘lsa olis hududlarda faoliyat boshlaganligi haqidagi xabarlar ularning soni ortib borayotganidan dalolat bermoqda. Bu esa, maktabgacha ta’limga qamrov darajasini keskin ravishda oshishiga xizmat qilayotir.  

Jumladan, kuni kecha Sariosiyo tumani “Boysunobod” mahallasida ham 120 o‘rinli yengil konstruksiya asosida qurilgan 32-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan yangidan qurilgan muassasaga shu yerlik 23 nafar pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilindi. Ular orasida “Temir daftari”da ro‘yxatda turadiganlari ham bor.

Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi xabariga ko’ra, muassasada 4 ta kuni uzaytirilgan guruh uchun mo‘ljallangan, zarur mebellar bilan jihozlangan keng va yorug‘ xonalar, zamonaviy musiqa zali, shinam yotoqxona, oshxona va yozgi ayvonchalar barpo qilingan.

Endi u yerda “Boysunobod” mahallasidagi 402 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 120 nafari ta’lim-tarbiya olishadi.

Feruza Rahmonqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun