Ehtiyotsizlik ayriliqqa olib keldi

Date:

Oila boshilari yaxshi niyat ila uyiga kelin tushirishdi. Uy yumushlari, pishir-kuydirga chaqqongina kelin sarishtaligi, odobi, hush xulqi bilan uy ichilarning mehrini qozondi. Bir necha oy o‘tgandan keyin yangi mehmon kelishi haqidagi xabardan barcha shodumon edi. Bu uyda yana chaqaloq ingasi eshitiladi…
Kelin va kuyov yo‘lga otlanishdi. Qaytisha olishmadi, olib kelishdi. Olib kelishganda ham onaizorning yuragini otashda yondirib kelishdi. Oyoqlari bilan yurib chiqqan yosh kelin-kuyovni oppoq matoga o‘ralgan tanalarigina qaytgan edi… Yangi mehmonning kelishga ulgurmay yurakchasi to‘xtagani xursandchilik o‘rniga motam ochdi.
Ular Angor-Termiz yo‘nalishida ketayotgan mashina ro‘parasidan qo‘qqisdan chiqqan mashinaning urilishi oqibatida halokatga uchragan edi. Qarama-qarshi yo‘ldan chiqqan shovvoz ham voqea joyida jon berdi.
Halokat natijasida mashinalar bir uyum temirga aylandi-qoldi. Ammo, shirin jonlarning uzilgani yomon bo‘ldi. Birgina ehtiyotsizlik ikki xonadonda ayriliqning achchiq azobini tuyishga sabab bo‘ldi. Bu barchani ogohlikka chorlashi, yo‘llarda ehtiyotkorlikka, o‘zi va o‘zgalarning taqdiriga befarq bo‘lmaslikka undashi lozim…

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...

Uchrashuvdan ko‘ngillar shod

Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev 44-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim...

Universitetda 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va...
KunTun
KunTun