Rio-2016 va Tokio-2020 sovrindorlari bilan uchrashuv

Date:

Ha, hech bir soha insonni va davlatni sportchalik tez fursatda dunyoga tanitib, mashhur qila olmaydi. Tanilish va tanitish esa oson bo‘lmaydi. Bu g‘alaba zamirida mehnat, mashaqqat, tinimsiz harakat yotadi. Shuning uchun ham ular ko‘plarga ibrat va namuna bo‘la oladi. Tokio-2020 yozgi olimpiya o‘yinlari hali yodimizdan ko‘tarilganicha yo‘q. O‘zbekiston g‘alabasini mushtoqlik bilan kutdik. Ekran oldida hayajonlarimiz bir olam bo‘lgandi. Ana shunday o‘yinlarda rekord o‘rnatib, sovrindorlar bilan uchrashish kishiga zavr-shavq ulashsa, yosh sportchilarga motivatsiya beradi. Kelgusi odimlarida o‘zlariga bo‘lgan ishonchni kuchaytiradi. Xuddi shunday ishonch uyg‘otish maqsadida Termiz olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi va dzyudo sport turi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mahorat darsida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisining o‘rinbosari, Portugaliyaning Lissabon shahrida o‘tkazilgan faxriylar o‘rtasidagi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori Begzod To‘raboyev, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi, London-2012 olimpiadasining oltin medali sohibi Ilias Iliadis, Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi Diyorbek O‘rozboyev, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi Davlat Bobonov hamda bir guruh taniqli sportchilar ishtirok etdi.

Mehmonlar o‘zlari haqida gapirib berishdi. Qiziqishlari, hayot tarzi, jang maydonida qo‘llaydigan o‘ziga xos usullari yosh sportchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, chempionlar bilan birgalikda shug‘ullanish, yuzma-yuz maydonga chiqish barchani ruhlantirib yubordi. Bun kabi mahorat darslari yoshlarga g‘alaba yo‘lida katta motivatsiya berishiga shubha yo‘q.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom turmush tarzi — faol harakatdan boshlanadi

Inson salomatligini mustahkamlashda muntazam jismoniy faollik muhim ahamiyatga kasb...

Kayrittepa xalqaro loyiha doirasida o‘rganilmoqda

Surxondaryoning arxeologik merosini o‘rganish va asrashga qaratilgan xalqaro loyiha...

Harbiylar oilalari uchun tikuv sexi ish boshladi

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar oila a’zolari va...

Ta’lim boshqaruvida yangi tizim: yagona vazirlik oldidagi vazifalar

O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fan sohasini yagona tizim asosida boshqarishga...
KunTun
KunTun