“Nihol”ga munosib iste’dod

Date:

Qo‘liga do‘mbira tutgan yoshgina baxshi yigit Abdurahmon Abdunazarovni Surxon ahli yaxshi taniydi. Bobosiga munosib izdosh sifatida alqaydi. U Abdunazar Poyonovning nabirasi bo‘lgani uchun emas, bobosidan yuqqan iste’dod sabab, bolaligidan alla o‘rnida terma eshitib qulog‘iga ingan san’at hurmati e’zozlanadi. Inonmaganlar Abdurahmon aytgan termalarni, dostonlardan parchalarni eshitib ko‘rsin. Bundan boshqa kasbning etagidan tutganida ihlosimiz ham so‘ngan bo‘lar edi.
Yosh baxshining yuragida dardi bor, nolasida, do‘mbirasida qandaydir sehr. Eshitganingiz sayin ohangga mos silkinasiz. Ilk bor eshitayotgandek, Alpomishning zindondan chiqishi haqidagi satrlarni maroq ila tinglaysiz. Abdurahmon tinib-tinchishni bilmaydi. Hali bayram-u tadbirlarda, tanlov va ko‘rgazmalarda do‘mbirasini chertib nola qilayotganiga ko‘zingiz tushadi. Mehnati, harakatlari, iste’dodi bilan borgan joyida e’tiborga tushadi.
Bo‘zatovda bo‘lib o‘tgan “Yoshlar festivali”da faxrli 2-o‘rinni egallagani hali yodimizdan ko‘tarilmay, Qiziriq tumani “Qo‘ng‘irot” folklor-etnografik xalq ansambli ishtirokchisi Abdunazarov Abdurahmon “Nihol” davlat mukofotining “Mumtoz qo‘shiq” ijrochiligi yo‘nalishi bo‘yicha respublika bosqichida ishtiroki voha uchun katta yangilik bo‘lgandi. Uning ijrosi hakamlar hay’atining-da e’tiborini tortdi. Yuqori saviyadagi ijro deb topilib, “Nihol” davlat mukofotiga munosib ko‘rildi. Aytish kerakki, Abdurahmon Abdunazarov viloyatimizdan mazkur mukofotga sazovor bo‘lgan yettinchi iste’dod egasiga aylandi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun