Boysunlik “malina”chi

Date:

Qalovini topsang, qor ham yonadi, deganlaridek tomorqadan ham yaxshi hosil va mo‘may daromad olish mumkinligini boysunlik “malina”chi mehnati bilan isbotlaganlardan.

Bugun fuqarolar tomorqadan samarali foydalanish, undan ko‘proq daromad olish borasida innovatsion izlanishlar olib borayotganligini e’tirof etishimiz kerak. Boysun tumanidagi “Tuzbozor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi tomorqa yer egasi, fuqaro Salohiddin Ravshanovning ham malina yetishtirish bo‘yicha o‘z tajribasi bor.

—Hozirgi kunda tomorqamda 200 tupga yaqin malina ko‘chatlarini parvarish qilmoqdaman, — deydi Salohiddin Ravshanov. — Malina o‘simligi iqlimimizga juda mos, tez rivojlanadi. Yiliga 2 marta bahor va kuz faslida hosil beradi. Uni yaxshi parvarishlansa, ortiqcha novdalari kesib mahalliy o‘g‘it bilan oziqlantirilsa, hosildorlik shuncha ortadi. Mahalliy bozorda ushbu mahsulotga talab katta. Malina mevasi konserva usulida qayta ishlansa, daromad yanada ko‘payadi. Masalan, hozirgi sharoitda tomorqa yer egalari bu o‘simlikni agrotexnik talablari asosida tomorqalarida yetishtirsalar, har bir sotix yerdan o‘rtacha 1,2-5 million so‘mgacha daromad olishlari mumkin.

Malina asosan, may oyi oxiri iyunning boshlaridan pisha boshlaydi, remontantli (bir mavsumda qayta yoki koʻp marta gullab, hosil beradigan) navlari avgustning 2-yarmida ikkinchi marta meva tugadi. Mevasi tarkibida 5,7-11,5 foiz qand, 1-2 foiz organik kislotalar, 9,1-44 mg foiz S vitamini hamda V guruhi vitaminlari, karotin, xushboʻy moddalar mavjud. Mevasi, asosan, yangiligida yeyiladi, konserva sanoatida qiyom, jem, sharbatlar tayyorlanadi. Quritilgan mevasi (damlamasi) tibbiyotda terlatuvchi dori sifatida, sharbati suyuq dorilar taʼmini yaxshilashda ishlatiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, malina hali jaydarilashib, mahalliy sharoitda to‘laqonli yetishtiriladi deb ayta olmaymiz. Faqatgina malinaning parvarishini puxta o‘zlashtirgan kishigina uni ekishga tutinadi.

Odam qilganni odam qiladi deganlaridek, malina yetishtirib, yaxshi daromad olayotgan Salohiddin akaning ish faoliyatini obdon o‘rganib chiqqan “Tuzbozor” mahallasi hokim yordamchisi Farxod Mavlonov esa kelgusida ushbu hududdagi aholi tomorqa yerlarida malina yetishtirishni keng rivojlantirish, uning hosildorligini oshirib borish, har tomonlama foydali malinani zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlash hamda xorijga eksport qilishni maqsad qilgan.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adolat va shaffoflik timsoli

“Ibratli sudya” mukofoti sudyalarning faoliyatini rag‘batlantirish va ularning xolisona...

“Yashil iqtisodiyot” fondi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va “yashil...

Plastik chiqindiga doir yangi taklif

2025-yil 1-noyabrgacha plastik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilarga...

“Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi

Barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylari...
KunTun
KunTun