Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Karyera kuni”

Date:

Yoshlar muammolari qatorida ularning ish bilan bandligini ta’minlash har doimgidan-da muhim masala. Muhtaram yurtboshining bu boradagi taklif va munosabatlari esa yosh avlod vakillari ko‘nglidagi uchqunni alangalatib yubordi. Talaba ham endi ishlashi, o‘z ehtiyojlarini, qolaversa, shartnoma pulini ham o‘zlari mehnat qilib to‘lashlari mumkin.

Ta’limga, inson kapitalini rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor, albatta, o‘zini oqlaydi. Zero, mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, o‘z sohasining ustalari bo‘lgan kadrlarga bog‘liq. Shu munosabat bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Denov tuman hokimligi, tumanlar va viloyat bandlikka ko‘maklashish bosh boshqarmasi hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamkorligida “Karyera kuni – 2022 mehnat yarmarkasi” tashkil qilindi.

Yarmarkada qator tashkilot, muassasa, korxona va yirik tadbirkorlik subyektlari bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Talaba-yoshlar uchun 100 ga yaqin tashkilotda mavjud 1700 dan ortiq vakant ish o‘rni taklif etildi. Shu yerning o‘zida 130 nafarga yaqin talabaga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanma berildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...
KunTun
KunTun