“Foyda yomon emas, 20-30 million so‘m daromad ko‘rdim”

Date:

Ertapishar kartoshkalar fevral oyidanoq bozor rastalaridan joy olgandi. Uni yetishtirishda denovliklar peshqadamlik qildi deyish mumkin. Sababi o‘tgan yilning noyabr oyidanoq uch qavatli plyonka ostida kartoshka urug‘ini qadagan Denov tumani “Surxon diyor” mahallasi ahli o‘z usullari bilan mo‘l-ko‘l hosil oldi.
Kartoshkani issiqxonada yetishtirishning afzalliklari ko‘p. Ayniqsa, issiqlik va namlik tabiiy usulda saqlanadi. Bu hosildorlikning oshishiga xizmat qiladi. Issiqxonada ishlashning, kartoshka yetishtirishning ham o‘z qiyinchiliklari bor. Ekish texnikasini bilgan, qarovni yaxshi qilgangina mehnatining natijasini ko‘radi. Surxon diyorlik Yo‘ldosh Turdiyev 7 sotixlik tomorqasida bir necha yillardan buyon kartoshka ekadi. O‘tgan yil oxirida 500 kilogramm kartoshka urug‘larini qadab, shu kunga qadar hosilni bozorga chiqarayotir.
— Foyda yomon emas, 20-30 million so‘m daromad ko‘rdim, — deydi Y. Turidyev.
Ushbu mahallada kaftdek yeri borning tomorqasida ham kartoshka yoki piyoz barq urib yashnayapti. Surxon diyorliklar bu yil 200 tonna kartoshkani eksport qilishni rejalashtirgan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun